§Raqamli advokatlik byurosi

ToshkentEst. 2026

Biznesingiz —
raqamli davrda ham himoyada.

Kripto-aktivlar, kiberjinoyatlar va raqamli dalillar bo‘yicha chuqur tajriba — korporativ, iqtisodiy va jinoyat ishlarida kompaniya hamda rahbarlarni himoya qilamiz.

01 / 05
    § IBiz haqimizda

    Art Juris — raqamli davr advokatlik byurosi. Biz biznesni real hayotda ham, raqamli makonda ham himoya qilamiz — kripto-aktivlardan tortib kiberjinoyatlargacha.

    Art Juris — «huquq san’ati». Bugun bu san’at yangi bilimni talab qiladi: blokcheyn, raqamli izlar va onlayn firibgarlik sxemalarini tushunmasdan turib, zamonaviy biznesni himoya qilib bo‘lmaydi.

    0+
    yillik tajriba
    0
    amaliyot yo‘nalishi
    24/7
    favqulodda aloqa
    01

    Kripto-aktivlar

    Kripto-aktivlar aylanmasi bo‘yicha tergov va sudda himoya — yangi va murakkab qonunchilikni chuqur bilamiz.

    01 / 04
    § IIIJarayon

    Murojaatdan natijagacha

    1. I

      Murojaat

      Qo‘ng‘iroq qiling yoki onlayn ariza qoldiring — 15 daqiqa ichida bog‘lanamiz.

    2. II

      Tahlil va strategiya

      Hujjatlaringizni o‘rganib, istiqbollar va xavflarni ochiq baholaymiz.

    3. III

      Shartnoma

      Xizmat hajmi va muddatlar shartnomada aniq belgilanadi.

    4. IV

      Himoya va natija

      Sudda, tergovda va muzokaralarda manfaatingizni oxirigacha himoya qilamiz.

    Kuchli biznes — bu faqat ko‘proq pul topish emas. Ko‘pincha topilgan pulni saqlab qolishdir.

    Art Juris
    § IVHamkorlarimiz
    Tartib-HR — huquqiy platforma tartib-hr.uz

    Art Juris × Tartib-HR

    Tartib-HR

    Yuridik HR va LegalTech platformasi

    Mehnat munosabatlaridagi xatolar biznesga jarima, tekshiruv va sud ishlari ko‘rinishida qimmatga tushadi. Tartib-HR kadrlar ishini qonun asosida yuritib, bu xavflarning oldini oladi.

    1. 01

      Risklardan oldindan ogohlantiradi

      Mehnat qonunchiligidagi xavflar haqida — muammo jarimaga aylanmasdan oldin.

    2. 02

      Jarayonlar qonun asosida

      Ishga qabul qilish, shartnomalar, ta’til, tabel va ish haqi — barchasi mehnat qonunchiligiga muvofiq.

    3. 03

      Debitorlik qarzlarini undirish

      Kerak bo‘lganda qarzlarni qaytarishda amaliy yordam beradi.

    4. 04

      Xarajatlarni tejaydi

      Jarimalar, sud xarajatlari va yo‘qotishlarning oldini olib, mablag‘ingizni saqlaydi.

    Tartib-HR saytiga o‘tish
    lawchatai.uz

    Art Juris × LawChat AI

    LawChat AI

    O‘zbekiston qonunchiligi bo‘yicha AI yuridik yordamchi

    Huquqiy savolingizni oddiy tilda yozing — LawChat AI qonun moddalariga tayangan tushunarli javob, hujjat namunasi va qadam-baqadam yo‘l-yo‘riq beradi.

    1. 01

      Har bir javob — qonun asosida

      Javoblarda aniq qonun va moddalarga havola beriladi.

    2. 02

      Tayyor hujjat namunalari

      Ariza, shikoyat va shartnomalar uchun moslashtirish mumkin bo‘lgan shablonlar.

    3. 03

      Vaziyatni chuqur tahlil qiladi

      Murakkab holatni normalar va istisnolar bilan qadam-baqadam tushuntiradi.

    4. 04

      O‘zbek va rus tilida

      Lotin va kirill yozuvida ishlaydi; kuniga 10 ta savol — bepul.

    LawChat AI’ni sinash
    § VNatijalar

    So‘nggi natijalarimiz

    Mijozlarimiz maxfiyligini saqlagan holda, ayrim ishlar natijalari.

    Ba’zida haqiqiy g‘alaba — mijozni sud zaliga umuman kiritmaslikdir.

    № 01Jinoyat ishlari · Kripto-aktivlar

    Jinoyat ishi tergovdayoq tugatildi

    JKning 278⁸-moddasi (kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ish JPKning 84-moddasiga asosan sudgacha yopildi.

    № 02Mehnat nizolari

    ≈350 mln so‘m undirildi

    Xodimning ish beruvchidan ish haqi undirish to‘g‘risidagi talabi bo‘yicha sudning hal qiluv qarori bizning foydamizga chiqdi.

    № 03Tovar belgisi · Abonent xizmat

    Tovar belgisiga huquqlar tiklandi

    Biznesga doimiy yuridik xizmat ko‘rsatish davomida buzilgan huquqlar tiklandi. Sud huquqbuzarlarga BHMning 10 baravari miqdorida ma’muriy jarima qo‘lladi.

    § VIMijozlar fikri
    Hamkorimiz bilan uzoq davom etgan nizoni atigi to‘rt oyda hal qilib berishdi. Har bir bosqich haqida muntazam xabar berib turishdi.
    Jahongir T.tadbirkor
    Due diligence xulosasi tufayli muammoli bitimdan o‘z vaqtida voz kechdik. Hisobot aniq va tushunarli edi.
    Sherzod K.investor
    Kompaniyamizga abonent yuridik xizmat ko‘rsatishadi. Shartnomalar endi puxta, soliq tekshiruvidan ham muammosiz o‘tdik.
    Bobur M.MChJ direktori
    Tergov bosqichidan boshlab himoyani professional tashkil qilishdi. Natija — oqlov hukmi. Rahmat, Art Juris!
    Rustam A.kompaniya rahbari
    01 / 04
    § VIISavollar

    Ko‘p beriladigan savollar

    Javob topa olmadingizmi? Bizga yozing — advokat shaxsan javob beradi.

    Savol berish
    01Kompaniyada tekshiruv yoki tintuv boshlansa nima qilish kerak?

    Darhol 24/7 liniyamizga qo‘ng‘iroq qiling. Advokat yetib kelguncha tushuntirish bermaslik va hujjatlarga imzo chekmaslik tavsiya etiladi.

    02Due diligence qancha vaqt oladi?

    Muddat kompaniya hajmi va tekshiruv doirasiga bog‘liq. Tezkor bitimlar uchun qisqartirilgan ekspress-tekshiruv ham o‘tkazamiz.

    03Kompaniyamizga doimiy yuridik xizmat ko‘rsatasizmi?

    Ha, abonent asosida: shartnomalar va hujjatlar, davlat organlari tekshiruvlarida hamrohlik, nizolarni hal qilish — barchasi bitta jamoa tomonidan.

    04Maxfiylik kafolatlanadimi?

    Ha. Advokatga bildirilgan barcha ma’lumotlar advokatlik siri hisoblanadi va qonun bilan himoyalangan.

    05Onlayn konsultatsiya olsa bo‘ladimi?

    Albatta. Telegram, WhatsApp, Zoom yoki telefon orqali maslahat beramiz — boshqa shahar yoki xorijda bo‘lsangiz ham.

    06Boshqa viloyatlardagi sudlarda ishlaysizmi?

    Ha, O‘zbekistonning barcha hududlaridagi sudlarda, shuningdek Oliy sudda manfaatlaringizni ifodalaymiz.

    § VIIIAloqa

    Keling, gaplashamiz.

    Arizani qoldiring — ish vaqtida 15 daqiqa ichida qayta qo‘ng‘iroq qilamiz va qulay vaqtni kelishamiz.

    Favqulodda liniya (24/7) +998 90 936 85 80
    Manzil
    Toshkent sh., Yashnobod tumani, Axsikat ko‘chasi, 176-uy Xaritada ko‘rish
    Ish vaqti
    Du–Ju: 09:00–18:00
    Shanba: 10:00–15:00

    Konsultatsiyaga yozilish

    Qanday bog‘lanaylik?

    Jinoyat ishlari · Kripto-aktivlar

    Jinoyat ishi tergovdayoq tugatildi

    Yaqinda himoyamiz ostidagi shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 278⁸-moddasi (kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ish olib bordik.

    Tergov organi bilan olib borilgan to‘g‘ri huquqiy muloqot va taqdim etilgan asoslarimiz natijasida jinoyat ishi JPKning 84-moddasiga asosan, ayblilik masalasi hal qilinmasdan turib, tergov bosqichining o‘zida tugatildi.

    Bu nima uchun muhim keys?

    Ko‘pchilik jinoyat ishida “g‘alaba”ni faqat sud hukmi bilan o‘lchashi mumkin. Ammo professional yondashuv boshqacha:

    Maxfiylik siyosati

    Art Juris saytdagi forma orqali yuborilgan ism, telefon raqami, tanlangan yo‘nalish, qulay sana va xabar matnini faqat sizning roziligingiz bilan va faqat siz bilan bog‘lanish hamda huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida qayta ishlaydi. Rozilik belgilanmasa, ariza yuborilmaydi.

    Ma’lumotlar uchinchi shaxslarga berilmaydi, O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq saqlanadi. Roziligingizni qaytarib olish yoki ma’lumotlaringizni o‘chirish uchun info@artjuris.uz manziliga yozing.

    Sayt cookie-fayllar, reklama yoki kuzatuv (analitika) skriptlaridan foydalanmaydi. Brauzeringizda faqat tanlangan til va kirish animatsiyasi ko‘rsatilgani haqidagi texnik belgi saqlanadi — ular serverga yuborilmaydi.